Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termiz xalqaro savdo markazida yirik ishlab chiqarish quvvatlari yaratilishi mumkin

Termiz xalqaro savdo markazida yirik ishlab chiqarish quvvatlari yaratilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, Termiz xalqaro savdo markazi katta natijalar bermoqda. O‘tgan yili markazga 800 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarolari tashrif buyurdi, eksport 320 million dollar bo‘ldi.

Tadbirkorlar va investorlar faoliyatini kengaytirib, Termiz xalqaro savdo markazida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha taklif bilan chiqqan.

Shu bois, markaz hududi 1 ming gektarga yetkazilishi belgilandi. Mutasaddilarga buning hisobidan markazdagi eksport hajmini joriy yil 600 million, kelasi yil 1 milliard dollarga yetkazish, qo‘shimcha 10 ming ish o‘rni yaratish topshirildi.

Yangi loyihalar hisobiga tadbirkorlar ham, savdo qilish uchun keladigan odamlar ham karrasiga oshadi. Shu munosabat bilan markazda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida maxsus prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Endilikda markaz hududidagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga nisbatan ham qo‘shilgan qiymat solig‘i «nol» stavkada qo‘llanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring