Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Topganimiz yozda suv sotib olishga ketadi» — qashqadaryoliklar Zoyir Mirzayevga arzini aytishdi

«Topganimiz yozda suv sotib olishga ketadi» — qashqadaryoliklar Zoyir Mirzayevga arzini aytishdi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Qashqadaryo  viloyati hokimligi majlislar zalida Zoyir Mirzayev rahbarligida fuqarolar murojaatlariga doir yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bir necha bor murojaat qilgan fuqarolarning o‘zlari ham chaqirilib, mas’ullar bilan yuzma-yuz holatda masalalarga oydinlik kiritildi, deb xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati.

Qayd etilishicha, ichimlik suvi masalasida viloyat hokimiga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatlar ko‘p kelgan:

—  Qishloq ahlini quyaturaylik, shaharda aholi ichimlik suvini qay azobda iste’mol qilishi «Qashqadaryo suv ta’minoti» MChJ mas’ullariga ma’lum bo‘lmasa-da, aholiga ma’lum... Yana hovuziga suv sotib olib, hovlisiga o‘rnatilgan suv kelmaydigan jumrakka suv to‘lovi uchun ham jamiyat xodimlari bilan tortishishga to‘g‘ri keladi;

— Qarshi shahri «Beklar» mahallasiga keling, Zoyir Toirovich. Necha yildan beri suvni sotib olamiz. «Suvoqova» boshlig‘i suv mashinalari bilan kelishib olgan chog‘i, kranda suv yo‘q, suvchi mashinada suv bor. Topganimiz yozda suv sotib olishga ketadi. O‘zingiz mas’ullarga bildirmasdan mahallamizga keling, hokim buva (tahrirsiz).

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir qabulxonalari va Qashqadaryo viloyati hokimining qabuliga kelib tushgan murojaatlarning vakolatli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi bo‘yicha qabulxona mudiri M.Eshnazarovning axboroti ham tinglangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring