Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasidan ozod etildi

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi vazifasidan ozod etildi

Illyustrativ foto

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi  boshqaruvchisi Sanjar Umatov o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Uning o‘rniga Anvar Xusnutdinovich Umarov tayinlandi.

Anvar Umarov 1963 yilda tug‘ilgan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

U faoliyatini ushbu oliy o‘quv yurtida kichik ilmiy xodim sifatida boshlab, keyinchalik xalq xo‘jaligi va davlat hokimiyati idoralarida mas’ul vazifalarda ishlagan.

Keyingi paytda Toshkent shahar hokimining yordamchisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring