Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumanida 4 egizak tug‘ildi

Toshkent tumanida 4 egizak tug‘ildi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi telegram-kanali

Toshkent tumanida yashovchi 23 yoshli ayol 4 nafar egizak (3 qiz, 1 o‘g‘il) farzandli bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi telegram-kanali xabar berdi.

Respublika Perinatal markazida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvafaqqiyatli olib borilib, ona va bolalar holati Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat boshqarmasi tomonidan qattiq nazoratga olingan.

Kerakli barcha muolajalar davom ettirilmoqda. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar intensiv davolash muolajalarini olmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring