Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 31 kishi SSSR pasporti bilan yashab yurgani aniqlandi

Toshkentda 31 kishi SSSR pasporti bilan yashab yurgani aniqlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor R.Jo‘rayev Mirobod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.  

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning noyabr oyidan shu kunga qadar uyma-uy yurib, 2036 kishining umuman biometrik pasporti yo‘qligi aniqlangan, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurgan. 1760 fuqaroga, shu jumladan, 14 nafar SSSR pasporti bilan yurgan shaxslarga yangi pasport qilib berilgan.

Shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi biror bir sabab bilan pasport olmagan shaxslarni tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilishga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring