Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda jamoat transportidan foydalanish darajasi 60 foizga yetkaziladi

Toshkentda jamoat transportidan foydalanish darajasi 60 foizga yetkaziladi

Prezident Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan PQ–368-son qarorini imzoladi.

Qaror bilan Toshkent shahri transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutildi, jumladan:

  • aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
  • avtobusning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish;
  • transport vositalari uchun 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylarini tashkil etish;
  • metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kmga yetkazish.

Toshkent shahrida yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

  • zamonaviy raqamli va «yashil» texnologiyalarni qo‘llash orqali Toshkent shahrida transport, yo‘lovchi va piyodalar oqimlarini uzluksiz monitoring qilish asosida yo‘l harakatini tashkil etish,
  • Toshkent shahrining transport master rejasini yaratish;
  • hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yo‘llaridagi jamoat transporti bosh bekatlari (avtobus va metro) kesishmalarida transport vositalarining ko‘p qavatli to‘xtab turish joylarini tashkil qilish;
  • Toshkent shahri yerusti metro liniyalari hamda yo‘l o‘tkazgichlari ostida, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, transport vositalarining to‘xtab turish joylarini tashkil qilish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring