Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qalbaki dorilar tayyorlanib, dorixonalarda sotilgani aniqlandi

Toshkentda qalbaki dorilar tayyorlanib, dorixonalarda sotilgani aniqlandi

Foto: DXX

Biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi MChJ yashirin sexda qalbaki dori vositalari tayyorlab, shahar dorixonalari orqali sotib kelgan. Ushbu jinoyat DXX xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi.

Tekshiruv davomida MChJga tegishli manzildan jami 11 dona dori ishlab chiqarish stanogi, 21 dona dori qolipi hamda umumiy og‘irligi 389 kg bo‘lgan kukun va tabletkalar, «Raikal» nomli pnevmatik qurol va boshqa narsalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, MChJga tegishli ikkinchi manzilda ham yashirin sex mavjud bo‘lib, undan dori vositalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan qolip va uskunalar, bo‘sh dori kapsulalari, qutilari, yo‘riqnomalar, kukun ko‘rinishidagi xomashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

«Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi» DM ekspertiza xulosasiga ko‘ra, yashirin sexda «Ursosan 250 mg», «Neyromidin 20 mg», «Fanigan» dori vositalari qalbakilashtirilgan.

Tadbir mantiqiy davom ettirilib, mazkur sexda ishlab chiqarilayotgan dorilarni sotish bilan shug‘ullanuvchi va «Fanigan» dori vositasini qalbakilashtirish bo‘yicha buyurtma berib, 130 kg ushbu dorining substansiyalarini keltirib bergan shaxsning dorixonasi ham ko‘zdan kechirildi.

Ushbu dorixonadan «Fanigan», «Azimak», «Siprolet» kabi 15 turdagi 1 067 quti qalbaki hamda 14 turdagi 274 quti yaroqlilik muddati o‘tgan dori aniqlangan.

Hozirda noqonuniy sex tashkilotchilarining uch nafariga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismib” vag” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring