Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda rezidentlar uchun pullik avtoturargohlar tariflari belgilandi

Toshkentda rezidentlar uchun pullik avtoturargohlar tariflari belgilandi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrida pulli to‘xtab turish joylarida rezidentlar uchun avtoturargoh ruxsatnomalari joriy etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov qarorida ma’lum qilingan

Qaror 2025 yil 25 dekabr kuni e’lon qilingan. 

Qarorga ko‘ra, har bir turarjoy uchun ko‘pi bilan ikkita rezident avtoturargoh ruxsatnomalari ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Unga ko‘ra, rezidentlar uchun soat 20:00 dan 08:00 gacha to‘xtab turish bepul, qolgan vaqtlarda esa belgilangan tariflar asosida to‘lov undiriladi.

Ruxsatnoma bir yillik muddatga beriladi. Yillik rezidentlik to‘lovi uchun bir BHM (amalda 412 ming so‘m) miqdorida to‘lov qilinishi kerak bo‘ladi. 

Ushbu qaror 2026 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring