Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Turkiyaga yordam yig‘iladigan yana bir punkt tashkil etildi

Toshkentda Turkiyaga yordam yig‘iladigan yana bir punkt tashkil etildi

Yangihayot tumanidagi «Tashkent INDEX»da turkiyalik qardoshlarimizga gumanitar yordam yig‘iladigan markazlashgan punkt tashkil etildi.

Turk qardoshlarimizga yordam sifatida 8 fevraldan boshlab yurtimizda gumanitar yordam yig‘ila boshlangandi. Ana shu harakatlarni markazlashtirish, yordam sifatida taqdim etilayotgan mahsulotlarni saralangan holda qadoqlash, logistikasini yo‘lga qo‘yish hamda yordam yukini hukumatlararo kelishgan holda manzilli yetkazishni ta’minlash maqsadida 11 fevraldan boshlab, Yangihayot tumanidagi «Tashkent INDEX» majmuasida «O‘zbekiston xalqidan turk qardoshlarimizga» gumanitar yordam yig‘iladigan markazlashgan punkt tashkil etildi.

Mazkur punktda respublikamizning barcha hududlarida yig‘ilayotgan yordam yuklari jamlanadi. 

Turkiyadagi tabiiy ofat yuz bergan hududlardagi jabr ko‘rgan aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda  xayriya yordamini ko‘rsatish istagidagi tadbirkorlar va aholimizga quyidagi 14 turdagi mahsulotlarni yetkazib berishga e’tibor berishlari tavsiya etiladi:

1.Chodir (palatka)

  1. Krovat
  2. To‘shak (matras)
  3. Ko‘rpalar
  4. Uxlash uchun maxsus qoplar
  5. Pech-isitgichlar
  6. Termos
  7. Qo‘l fonarlari
  8. Power-bank
  9. Generatorlar
  10. Chaqaloqlar oziq-ovqat yormasi
  11. Bolalar tagliklari
  12. Gigiyena mahsulotlari
  13. Oziq-ovqat mahsulotlari (konservalar)

Eslatib o‘tamiz, gumanitar yordam punkti 24 soat davomida ishlaydi. Punktda ko‘ngilli sifatida ishlash istagidagilar ma’muriyatga murojaat etishlari mumkin.

Izoh: foydalanilgan kiyimlarni olib kelish tavsiya etilmaydi.

Murojaat uchun telefon: 99-332-33-33.

Avvalroq Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgani O‘zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami yig‘ish vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring