Vazirlik poytaxtga kirish cheklovi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan kirish bo‘yicha o‘rnatilgan cheklov tez orada bekor qilinishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
IIV ba masala yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasining Toshkent shahriga kirish-chiqish bo‘yicha rasmiy cheklovlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar faqatgina rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.
Rasmiy bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘raymiz»,— deyiladi IIV bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiya qarori bilan 28-iyuldan 12-iyulgacha yangi cheklovlar joriy etilgandi. Unga ko‘ra, Toshkentdan viloyatlarga transport qatnovi cheklanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter