Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yana bir «city» barpo etiladi

Toshkentda yana bir «city» barpo etiladi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahrining Bektemir tumanida zamonaviy arxitekturaviy qiyofaga ega «Bektemir City» markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimining 18 avgustdagi qarorida belgilangan.

Loyihadan yer maydonlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish va aholi uchun yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish maqsad qilingan.

«Bektemir City» quyidagi hududlarni qamrab oladi:

  • «Zabardast» MFY — Katta halqa yo‘li (4R21 trassa);
  • «Bektemir» va «Abay» MFYlari — Bektemir shohko‘chasi.

Loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish buyurtmachisi etib Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Olmazor biznes siti» yangi tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi» MChJ belgilangan.

Dastlab loyiha hududidagi mavjud bino va inshootlar xatlovdan o‘tkazilib, hudud chegaralari belgilanadi. Shuningdek, «Bektemir City»ning master-rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqiladi.

Tasdiqlangan master-reja asosida yer maydonlari alohida lotlarga ajratilib, elektron onlayn-auksionga chiqariladi. Auksionlardan tushgan mablag‘lar ichki muhandislik tarmoqlari va infratuzilma obyektlarini loyihalash hamda qurish ishlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Qarorga ko‘ra, loyiha doirasida zamonaviy ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

Loyiha hududidagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring