Toshkentdagi operatsiyada 8 yoshli bola vafot etdi

Toshkentdagi klinikada operatsiya paytida 8 yoshli bola vafot etdi. Prokuratura holat yuzasidan jinoiy ish ochgan.
Poytaxtdagi klinikada o‘tkazilgan rinoplastika amaliyotida bemor o‘limi ro‘y berdi tibbiyot markazida 8 yoshli bola vafot etgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan tekshirish harakatlari o‘tkazilganini bildirdi.
Holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, yuzlashtirish, ko‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter