Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 2018-yilning 10 oyida yong‘inlar tufayli 18 kishi halok bo‘lgan

Toshkentda 2018-yilning 10 oyida yong‘inlar tufayli 18 kishi halok bo‘lgan

Foto:«Kaktakto»

Toshkentda 2018-yilning 10 oyi davomida 1207 ta yong‘in sodir bo‘lgan, 18 nafar kishi halok bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida esa eng ko‘p yong‘inlar (jami 177 ta) ro‘y berishi qayd etilgan.  Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyida o‘tkazilgan yong‘in havfsizligi profilaktika kunida ma’lumot berildi. 

Caption

Tadbir davomida tashkilotning ishchi hodimlariga yong‘in havsizligi hodimlari tomonidan, isitish va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda, yong‘in ro‘y bergan hollarda nimalar qilish kerakligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Statistikaga ko‘ra, xar yili dunyoda kuyish natijasida 180 000 ga yaqin kishi halok bo‘lar ekan. 

Yuqoridagi diagrammadagi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida Shayhontoxur tumanida 129ta, Sergeli tumanida 137ta, Yashnobod 154ta tumanida Toshkent shahrining boshqa tumanlarga nisbatan ko‘proq yong‘inlar ro‘y bergani ma’lum bo‘ldi.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring