Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Turk havo yo‘llari» Istanbuldan Farg‘onaga ilk parvozini amalga oshirdi

«Turk havo yo‘llari» Istanbuldan Farg‘onaga ilk parvozini amalga oshirdi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

8-iyun kuni «Turk havo yo‘llari» aviakompaniyasi Istanbuldan Farg‘onaga ilk parvozini amalga oshirdi. Istanbuldan 165 nafar yo‘lovchi bilan Farg‘ona xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan samolyot kutib olindi.

Farg‘ona xalqaro aeroporti direktori Timur Xalilov va «Turk havo yo‘llari»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Selim Qahriman samolyot trapi oldida ramziy lenta qirqdilar.

Haftaning seshanba va juma kunlari Istanbul-Farg‘ona-Istanbul yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiriladi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Eslatib o‘tamiz, «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan 2021-yil 15-aprelda Turkiya Respublikasining «Turkish Airlines» aviakompaniyasiga Istanbul-Urganch-Istanbul va Istanbul-Farg‘ona-Istanbul yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring