Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uch yil davomida qidirilgan ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Uch yil davomida qidirilgan ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Foto: Istanbuldagi konsulxona.

Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Shoxnoza Raxmatova Sayidmurodovna O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona xabar berdi.

Qayd etilishicha, 43 yoshli ayol Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

Konsullik ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIV yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilishlarini so‘radi.

«Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Turkiyaning Ushoq shahrida erkiga xilof ravishda tutqunlikda ushlab kelingan o‘zbekistonlik ayol qutqarilgani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring