Umradagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus reyslar tashkil etiladi
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Umra dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga olib borilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun maxsus reyslar tashkil etilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston aviatsiya rasmiylarining ko‘rsatmasiga binoan, mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha ziyoratchilarni Umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borish vaqtincha to‘xtatilgan.
Shu munosabat bilan 2026 yil 2 martdan boshlab “Uzbekistan Airways” Jidda – Toshkent yo‘nalishida maxsus repatriatsiya reyslarini amalga oshiradi. Ushbu reyslar orqali Umra safarida bo‘lgan fuqarolar bosqichma-bosqich O‘zbekistonga olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini ma’lum qilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter