Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Jollibekov Vladimir Baxtiyarovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.
V.Jollibekov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, O‘zbekistoning BAAdagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi kabi lavozimlarda ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter