Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston tarixidagi eng chiroyli mushakbozlik (video)

O‘zbekiston tarixidagi eng chiroyli mushakbozlik (video)

Skrinshot: «O‘zbekiston 24»

1-sentyabr kuni soat 21:00 da Toshkentda Mustaqillikning 28 yilligi  sharafiga katta mushakbozlik uyushtirildi.

«Xalqlar do‘stligi» saroyi yaqinida o‘tkazilgan 9 daqiqalik shou davomida mushaklar 350 metrga qadar yog‘du sochdi.

Bayram mushakbozligi poytaxt istirohat bog‘lari va maydonlarida translyasiya qilindi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bu – mamlakat tarixidagi eng chiroyli va baland mushakbozlik ekanini ma’lum qilgan.

Bayram shousi Xitoyning  «China Liuyang Jeeton Fireworks Group» kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring