Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qancha miqdorda qarz beriladi? (foto)

Xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qancha miqdorda qarz beriladi? (foto)

Avvalroq, xorijda pulsiz qolgan O‘zbekiston fuqarolariga qarz berilishi haqida xabar qilingan edi. Hukumat qabul qilgan bu boradagi tegishli qarorning to‘liq nusxasi Lex.uz portaliga joylashtirildi. Unda qarz mablag‘lari miqdori ma’lum qilingan.

Unga muvofiq, sutkalik yashash uchun qarz mablag‘lari istiqomat qilayotgan davlatdan kelib chiqib 50 AQSh dollaridan 150 dollarigacha taqdim etilishi ko‘zda tutilmoqda. Transport xarajatlari uchun esa 100 AQSh dollarida 1000 AQSh dollarigacha berilishi mumkin.

Shuningdek, nizomda moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi O‘zbekistonning 37 ta xorijiy mamlakatlardagi elchixona va konsullik xizmatlari ro‘yxati berilgan.

Quyidagi rasmlarda qarz mablag‘larini olish uchun ariza va shartnoma namunalari, O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va konsullik xizmatlari ro‘yxati ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring