Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana Andijon, yana hokim...

Yana Andijon, yana hokim...

Joriy yilning 6-iyun kuni ushlanib, ertasi - 7-iyun kuni qamoqqa olingan  olingan Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov ayni shu sanalarda go‘yoki  24 ta qaror va farmoyish qabul qilgani, bu hol «E-qaror» elektron platformasida oshkor bo‘lgani haqida yozgandik.

Bu borada Andijon viloyati Adliya boshqarmasi axborot  berganidan ham xabaringiz bor.

Holatdan jinoyat hidi ufurib turganidan kelib chiqib,  «Xabar.uz» Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Mahkama mas’ulining bildiricha, vaziyat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda va bu jarayonda  har bir holatga tegishli huquqiy baho beriladi. 

«Hokim nomidan (to‘g‘rirog‘i, uning elektron imzosidan foydalanib) chiqarilgan qarorlarga nisbatan prokuratura protest berishi mumkinmi?» degan savolga Bosh prokuratura matbuot xizmati mas’uli «ehtimoldan xoli emas», deya javob berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring