Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya O‘zbekiston shifoxonalariga zamonaviy uskunalar taqdim etdi

Yaponiya O‘zbekiston shifoxonalariga zamonaviy uskunalar taqdim etdi

Yaponiya hukumatining «Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam» dasturi doirasida Qashqadaryo viloyati tibbiyot muassasalariga umumiy qiymati 195 ming dollarlik tibbiyot jihozlari topshirildi.

Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga jarrohlik mikroskopi va ko‘z jarrohligi uchun mo‘ljallangan fakoemulsifikator, Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialiga esa ultratovush diagnostik uskunasi, video-endoskop, jarrohlik aspiratori taqdim etilgan.

«Yaponiyaning bu galgi hamkorlik ko‘magi orqali yanada xavfsiz va munosib tashxis hamda muolaja imkoniyati yaratiladi. Yaponiya hukumati bundan keyin ham O‘zbekistonda yuqori sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlari imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan hamkorlikni davom ettiradi», – deyiladi Yaponiya elchixonasi xabarida.

2023 yil dekabr oyida ham Kunchiqar o‘lka O‘zbekiston tibbiy muassasalariga zamonaviy jihozlar taqdim etgan edi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan grant shartnomalarini imzolash marosimida Yaponiya elchisi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri qatnashgandi.

2022 yil avgust oyida Yaponiya umumiy qiymati 4,6 million dollarni tashkil etuvchi tibbiy-diagnostika uskunalari taqdim qilgan.

2022 yil fevral oyida ikki davlat rasmiylari Qoraqalpog‘istondagi klinikada xizmat sifatini oshirishga qaratilgan hujjatni imzolagan. Loyiha doirasida muassasaga 7,35 million dollar miqdorida tibbiy uskuna va o‘quv materiallari yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring