Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

Zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

Foto: «Norma.uz»

Kecha, 3-mart kuni zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qarorga asosan, «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar va uyushma faoliyatida erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo‘li orqali qatnashayotgan xususiy tadbirkorlar o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan zargarlik mahsulotlarini realizatsiya qilish qismi bo‘yicha 2022-yil 1-yanvarga qadar aksiz, qo‘shimcha qiymat, mulk, yer solig‘i va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar ajratishdan ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 15-noyabrdagi Prezident qarori bilan xususiy tadbirkorlarga ham erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo‘li orqali «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi faoliyatida qatnashish imkoniyati berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring