JCh-2026. Ispaniya Urugvayni yengdi, Kabo-Verde guruhdan chiqdi, Eron boshqalarning natijasini kutadi
JCh-2026 3-tur o‘yinlaridan so‘ng yana bir qator terma jamoalar pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
Ispaniya Urugvayni mag‘lub etib (1:0), 7 ochko to‘plab pley-offga yo‘l oldi. Kabo-Verde esa Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynadi (0:0) va 2-o‘rin bilan mundialdagi ilk ishtirokidayoq guruhdan chiqdi. Urugvay va Saudiya Arabistoni turnir bilan xayrlashdi.

Misr va Eron uchrashuvi durang bilan yakunlandi (1:0), Belgiya esa Yangi Zelandiyani yirik hisobda mag‘lub etdi (5:1).
Eron hozircha pley-off zonasida, ammo Xorvatiya va Jazoir ochko olib, Kongo yutadigan bo‘lsa, Eron guruhda qolib ketadi.

Bo‘lib o‘tgan so‘nggi tur o‘yinlaridan so‘ng Portugaliya, Angliya, Misr, Gana va Paragvay milliy jamoalari ham pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Ayni vaqtda ushbu jamoalarning har biri hisobida 4 tadan ochko bor — bu ularning o‘z guruhlaridan chiqishi uchun yetarli bo‘ldi.
Shuningdek, avval ma’lum bo‘lmagan 1/16 final bosqichining yana ikki juftligi ham aniq bo‘ldi. Germaniya Paragvayga qarshi maydonga tushsa, Fransiya Shvetsiya bilan kuch sinashadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter