Opta superkompyuteri O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyatini baholadi
Opta superkompyuteri JCh-2026 da qatnashadigan terma jamoalarning chempion bo‘lish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.
Superkompyuterga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining bu boradagi imkoniyati — 0,07 foiz. Ya’ni «oq bo‘rilar» imkoniyati eng past jamoalar qatorida ko‘rsatildi.
Ushbu reytingda Panama va Iordaniya terma jamoalari ham O‘zbekiston bilan bir xil baholandi (0,07 foiz).
Shunga qaramasdan, Opta O‘zbekistonning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini ancha yuqori — 12,62 foiz deya baholadi.
Superkompyuter JCh-2026 asosiy favoriti sifatida Ispaniyani ko‘rsatdi. Keyingi o‘rinlarda — Fransiya va Angliya.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter