O‘zbekistonlik hakamlar Jazoir — Avstriya o‘yinini boshqaradi
Ilgiz Tantashev rahbarligidagi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi Jahon chempionatidagi navbatdagi o‘yinga tayinlandi.
Musobaqaning uchinchi turidan o‘rin olgan Jazoir — Avstriya uchrashuvi o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirilgan.
Mazkur bahsni FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.
Uchrashuv 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.
Avvalroq ushbu guruh Shotlandiya — Marokash o‘yinini boshqargan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter