Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik himoyachi JCh-2026ni o‘tkazib yuboradi

O‘zbekistonlik himoyachi JCh-2026ni o‘tkazib yuboradi

Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev JChda qatnasha olmasligi ma’lum bo‘ldi. 

O‘FAning ma’lum qilishicha, futbolchi mashg‘ulotlar paytida oyog‘ining to‘piq qismida noqulaylik his qilgan.

Dastlabki tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalariga ko‘ra, himoyachimizning eski jarohati bezovta qilgan va uning tiklanishi uchun 1 oydan ko‘proq vaqt talab etiladi. Shu sababli, Yo‘ldoshev Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘ldi. 

Avvalroq Husniddin Aliqulov jahon chempionatida qatnasha olmasligi ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring