Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Toşkentda «Dolya»,«Tuz» va «Dodi» laqabli jinoiy guruh vakillari qölga olindi

Toşkentda «Dolya»,«Tuz» va «Dodi» laqabli jinoiy guruh vakillari qölga olindi

Foto: Içki işlar vazirligi matbuot xizmati

Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida bir qator tovlamaçilik jinoyatlarini sodir etganlikda gumonlanayotgan uyuşgan jinoiy guruh aʼzolari qölga olindi, deya xabar bermoqda Içki işlar vazirligi.

Tezkor maʼlumotlarga köra, ular fuqarolar örtasidagi özaro qarz va pul oldi-berdi masalalariga noqonuniy ravişda aralaşib, zöravonlik va bezorilik yöli bilan «muammolarni hal qilib» kelgan.

Hibsga olinganlar orasida quyidagi şaxslar bor:

Umid Abdurahimov («Dolya» laqabli) — jinoiy guruh yetakçisi, muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) bilan sudlangan;
Izzat Yöldoşev («Skar» laqabli) — muqaddam JKning 168-moddasi (Firibgarlik) bilan sudlangan;
Rustam Ziyayev («Tuz» laqabli) — muqaddam JKning 169 (öğrilik), 226 (Maʼmuriy nazorat qoidalarini buziş) va 277-moddalari (Bezorilik) bilan sudlangan;
Davron Abdurahimov («Dodi» laqabli).

Aniqlangan holatlardan biriga köra, sentyabr oyida 1989-yilda tuğilgan fuqaro tanişiga tadbirkorlik faoliyati uçun bir yil muddatga 11 ming dollar miqdorida qarz bergan. Bu kelişuvdan xabar topgan guruh aʼzolari noyabr oyida heç bir sababsiz ikki taniş örtasidagi munosabatga aralaşgan.

Ular qarz olgan şaxsga kuç işlatib, qörqitiş yöli bilan uning tanişiga tegişli bölgan 11 ming dollarni tortib olgan va pullarni egasiga qaytarmay, öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Bundan taşqari, guruh aʼzolari telefon savdosi, oylik iş haqini undiriş, avtomobil oldi-sotdisi kabi turli maişiy va moliyaviy masalalarda fuqarolarga tahdid qilib, millionlab söm pullarni tovlamaçilik yöli bilan qölga kiritgan hamda jabrlanuvçilarga jim yurişni talab qilgan, deyiladi xabarda.

«Piçoq bilan tahdid böldi. Keyin oilamning tinçini buzib tahdid qilişdi. Özimning töyimni töxtatiş, qizni olib qoçib, şarmanda qilaman, sen erkinlikka çiqmaysan degan tahdidlar böldi», — deydi jabrlanuvçilardan biri.

Mazkur holat yuzasidan qölga olingan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi (Bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki köp miqdorda sodir etilgan tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

IIV uşbu şaxslarning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilişni söramoqda. Murojaatçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring