Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammlari aniqlandi

Buyuk Britaniyaning Bristol grafligida koronavirusning yangi shtammi topildi. Qo‘shma Qirollikning yangi respirator viruslar xavfi bo‘yicha maslahat guruhi hisobotida aytilishicha, Angliya janubi-g‘arbida topilgan yangi shtamm «tashvishlantiruvchi» mutatsiyalar toifasiga kiradi.
Yangi shtamm ilgari Angliya janubi-sharqida topilgan koronavirusning kent varianti («britan shtammi»), qolaversa, Braziliya va Janubiy Afrikada aniqlangan shtammlardan tafovut qiladi, deyishmoqda ingliz olimlari.
Maslahat guruhi, shuningdek, Angliya shimoli-g‘arbida, Liverpulda (Mersisayd grafligi) topilgan yangi shtamm «o‘rganilayotgan variant» toifasiga kiritilganini ma’lum qildi. Mamlakat bo‘yicha bristol va liverpul shtammlarini yuqtirgan 76 nafar bemor ro‘yxatga olingan.
Angliya sog‘liqni saqlash mutaxassislari vaksinalar bu shtammlarga ham qarshi turib berishiga ishonishmoqda.
Shunday qilib Qo‘shma Qirollikda koronavirusning «tashvishlantiruvchi» mutatsiyalari to‘rttaga yetdi: kent, bristol, brazil va janubiy afrika shtammlari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter