Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiyadagi yuqori o‘limga sabab – antibiotiklar!

Italiyadagi yuqori o‘limga sabab – antibiotiklar!

Foto: Reyter

Koronavirusning tarqalishi tufayli Italiyadagi epidiologik og‘ir vaziyat – antibiotiklardan doimiy foydalanish tufayli mahalliy aholining immunitetining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, dedi rossiyalik genetik Vadim Pospelov. Bu haqda Vesti xabar bermoqda.

Uning tushuntirishicha, italiyaliklarga ushbu dorilar bakterial infeksiyani davolash uchun juda ko‘p buyuriladi.

«Aholi nihoyatda yuqori dozalarga o‘rgatilgan, bu immunitet tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi», dedi olim.

Pospelovni ta’kidlashicha, antibiotiklar ichak mikroflorasiga salbiy ta’sir qiladi, bu yerda immunomodulatsion hujayralarning 70 foizi to‘plangan.

«Antibiotiklar immunitetni ishdan chiqadi. Natijada mikrobiotik qatlamda zaiflik paydo bo‘ladi, natijada patogen mikroorganizmlarning kirib kelishi uchun sharoitlar yaratiladi», deydi tibbiyot fanlari doktori Ivan Kozlov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan kasallangan odamlarning ko‘pligi va undan o‘lim darajasi yuqoriligi aholining zaif immunitetining «yashirin tasdig‘i».

Italiya koronavirus infeksiyasining tarqalishi va o‘lganlar soni bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinda turadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda ushbu mamlakatda 70 mingdan ortiq virusni yuqtirish holatlari qayd etilgan, sakkiz mingdan ortiq bemor tuzalib ketgan, qurbonlar soni 7 mingga yaiin kishini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring