Samarqand: Juma shahriga kirish va chiqish yopildi

Past Darg‘om tumani aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining tuman hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish maqsadida tuman hokimi Sh.Xudoyberdiyevning farmoyishi bilan 21-may kuni soat 19:00dan boshlab Juma shahriga boshqa hududlardan avtotransport vositalari hamda fuqarolarning kirishi va harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Jumladan:
-4R-46a avtomobil yo‘lining 1-kilometri, Juma shahriga kirish yo‘li;
-Juma shahar Havuzak mahallasi Kamalak ko‘chasi yo‘li;
-4K-547 avtomobil yo‘lining Juma shahar Sh.Rashidov mahallasi M.Sharapov va Bo‘ston ko‘chalariga kirish yo‘li;
-Samarqand–Juma-Kattaqo‘rg‘on 4R-46 avtomobil yo‘lining 24-kilometri, Juma shahriga kirish yo‘li;
-Samarqand–Juma-Kattaqo‘rg‘on 4R-46 avtomobil yo‘lining 25-kilometri, Juma shahar Buyuk Turon ko‘chasiga kirish yo‘li yopilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter