Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin zonasida har kuni ikkita samolyot yo‘lovchilariga yetarli joy hozirlanmoqda (foto)

Karantin zonasida har kuni ikkita samolyot yo‘lovchilariga yetarli joy hozirlanmoqda (foto)

Foto: Qurilish vazirligi

Yuqori Chirchiq tumanida qurilayotgan karantin zonasida 28 mart kuni xorijdan keladigan yurtdoshlarimiz uchun yana 560 ta joy tayyor bo‘ladi. Bu haqda Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Qurilish vazirligi

Qayd etilishicha, har kuni o‘rta hisobda chet eldan keladigan ikkita samolyot yo‘lovchilariga yetarli miqdorda joylar hozirlanadi. Barcha kommunikatsiya tarmoqlari tortilmoqda. Bir tomoni foydalanishga topshirilib, ikkinchi tomonida qurilish ishlari ketmoqda.

Foto: Qurilish vazirligi

Karantinga olingan qismi harbiylar tomonidan qo‘riqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 27 mart kuni 650 nafar hamyurtimiz ushbu karantin zonasiga joylashtirilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring