Koronavirus Bosh prokuraturaning yana bir mas’ulini olib ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i Hamza Fayziyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Ayni xabarni marhumning hamkasblari tasdiqladi.
H.Fayziyev fidoyi xodim sifatida tilga tushgan prokurorlardan edi. Tizimning eng quyi pog‘onasidan to markaziy mahkamasigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni matonat bilan bosib o‘tgani e’tirof etiladi.
E’tiborlisi, u shu yilning 26-avgust kuni Oliy sudda 17 nafar ayolning ishi ko‘rilgan jarayonda faol ishtirok etib, ularning aybini yengillatish bo‘yicha prokuror xulosalarini bergandi.
«Xabar.uz» marhumning yaqinlariga sabr tilaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter