Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus yuqtirganlar soni 167 nafarga yetdi

Koronavirus yuqtirganlar soni 167 nafarga yetdi

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik holatlari soni 9 taga oshib, 167 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq 8 kishida koronavirus aniqlangani va kasallanganlar umumiy soni — 158 nafarni tashkil etilgani xabar qilingandi.

Bugungi qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlardan 7 nafar bemor to‘liq tuzalgan bo‘lsa, 2 nafari vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring