Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusga chalingan hamshiradan soliq to‘lovlari asossiz ushlab qolindi. Vaziyatga prokuratura aralashdi

Koronavirusga chalingan hamshiradan soliq to‘lovlari asossiz ushlab qolindi. Vaziyatga prokuratura aralashdi

Fuqaro R.Mansurovning Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida ishlovchi D.Yuldashevaga kompensatsiya to‘lanishida soliq to‘lovlari uchun 12.000.000 so‘m asossiz ushlab qolinganligi yuzasidan murojaati prokuratura boshqarmasida o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaro D.Yuldasheva Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida hamshira sifatida ishlab, shu shifoxonada 2020-yilning 8-iyulidan boshlab koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash ishlariga jalb etilgan.

D.Yuldasheva bo‘limda o‘tgan yilning 24-iyunidan 24-iyuliga qadar katta hamshira lavozimida faoliyat olib borgan. Afsuski, 20-iyul kuni olingan tahlil natijasiga ko‘ra, unda manfiy natija aniqlangan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariyaepidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining ilovasida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga bir martalik to‘lov to‘lanishi ko‘rsatilgan.

1-sonli Respublika klinik shifoxonasi ma’muriyati sog‘likni saqlash vazirligining 2020-yil 25-noyabrdagi buyrug‘ini bajarish maqsadida 2020-yil 7-dekabr kuni D.Yuldashevaga bir martalik to‘lovlar bo‘yicha 125 000 000 so‘m mablag‘ ajratilishi so‘ralgan.

Shu bois uning shaxsiy hisob raqam kartochkasiga 2020-yil 31-dekabrda 88.000.000 so‘m pul o‘tkazilgan. Qolgan 25.000.000 so‘m yagona ijtimoiy to‘lovga, 11 900 000 so‘mi esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga va 100 000 so‘m jamg‘arib boriladigan pensiya badaliga o‘tkazilgan.

O‘rganish jarayonida, qonunbuzilish holatiga chek qo‘yilib, D.Yuldashevaga to‘lanmay qolgan 12.000.000 so‘m kompensatsiya to‘lab berilishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring