Koronavirusga chalinganlar soni o‘tgan tunda sezilarli kamaydi
2020 yil 22 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1692 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV tomonidan xabar berildi.
Kecha, 2020 yil 21 aprel soat 23:00da yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 1678 nafar ekani xabar qilingan edi. O‘tgan tun davomida yana 14 kishida infeksiya aniqlangan. Bu esa oxirgi vaqtlarda qayd etilgan eng yaxshi statistika bo‘lib turibdi. Misol uchun, 20 apreldan 21 aprelga o‘tar tunda 23 kishida infeksiya aniqlangan bo‘lsa, undan avval 22 kishi kasallikka chalingani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha koronavirus bilan kasallangan sonidan tuzalganlar ko‘p bo‘ldi. Agar kun davomida 51 kishi koronavirusga chalingani aniqlangan bo‘lsa, 96 kishi tuzalib ketgani xabar qilindi.
Hozirgacha O‘zbekistonda 357 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, oyoqqa turdi, 6 nafari esa vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter