Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning eng xavfli turi topildi

Koronavirusning eng xavfli turi topildi

Foto: «News.myseldon.com»

Janubiy Afrikada V.1.1.529 koronavirus shtammi topildi. U dunyodagi eng xavflisi hisoblanadi. Bu haqda Janubiy Afrikaning eNCA telekanali xabar bermoqda.

Shu bilan birga, mahalliy olimlar mavjud vaksinalar COVID-19 ning ushbu shakliga bardosh bera oladimi yoki yo‘qligini hali bilishmaydi. Janubiy Afrikadan tashqari, Gonkong va Botsvanada yangi shtamm aniqlandi. Janubiy Afrika Milliy Yuqumli Kasalliklar Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Janubiy Afrikada infeksiyaning ushbu varianti bilan kasallangan 22 ta holat mavjud.

«Ma’lumotlar hozircha kam, ammo mutaxassislarimiz yangi shtamm va ehtimoliy oqibatlarini tushunishga harakat urinmoqda», — dedi institut ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Adrian Pyuren.

24-noyabr kuni Janubiy Afrika, Botsvana va Gonkongda o‘n kishining V.1.1.529 shtammi bilan kasallangani ma’lum bo‘ldi. Britaniyalik olimlar yangi shtamm delta variantiga qaraganda antitanachalarga yaxshiroq chap berishini taxmin qilishmoqda. V.1.1.529 dagi ko‘plab mutatsiyalar virusning immuniteti zaiflashgan — OIV yoki OITS bemorida paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring