Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan soatlar ichida yana 77 kishida koronavirus aniqlandi

O‘tgan soatlar ichida yana 77 kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 17-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5638 (+77) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 73 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1523 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 17 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5561 (+68) nafarni tashkil etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring