Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 15 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 15 nafarga yetdi

Illyustrativ foto

Bundan bir muddat oldin Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning turmush o‘rtog‘ida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Shu bilan birga,  Londonda bo‘lib qaytgan yana bir  mamlakatimiz fuqarosida  ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qat’iy tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring