Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 833 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 833 nafarga yetdi

2020 yil 12 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 833 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Bugun, 12 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 796 nafarga yetgani xabar qilingan edi. O‘tgan soatlar davomida yana 37 kishida kasallik aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 42 nafar bemor sog‘aygan, 4 nafari esa vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring