O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 104 nafarga yetdi

Ayni vaqtgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.
Ularning 6 nafari 26-mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26-mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasidan aniqlangan.
Kecha berilgan xabarda ushbu infeksiyani yuqtirib olganlarning 2 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 2 nafari Xorazmda va bir nafari Toshkent shahrida qayd qilingani tasdiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter