Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Men vaksina oldim» aksiyasi boshlandi

O‘zbekistonda «Men vaksina oldim» aksiyasi boshlandi

Foto: SSV matbuot xizmati

Bugun Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Toshkent  shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov  koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001  vaksinasi bilan emlandi.

Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. Uch oydan oshiq davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari yurtimizda bu ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi. Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan «Men vaksina oldim» (#men_vaksina_oldim) aksiyasi boshlandi.

Shuningdek, aksiya doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov va akademiya prorektori, professor Ma’ruf Karimovlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring