Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus pandemiyasi tezlashdi

Koronavirus pandemiyasi tezlashdi

Foto: «Economics-prorok.com»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus koronavirus pandemiyasi tezlashganini ma’lum qildi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, oxirgi olti hafta ichida kasallanishlar soni qariyb ikki baravar oshgan.

«JSSTga 16 millionta kasallanish va 640 mingta o‘lim holati to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Pandemiya tezlashishda davom etmoqda», — deya tan oldi Adanom Gebreyesus. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda tashkilot kelgusi tavsiyalarni ishlab chiqish uchun favqulodda qo‘mitani yig‘adi.

Avvalroq Vetnamning Danang shahri va uning atrofidagi provinsiyalarda yangi tipdagi koronavirus chaqirgan koronavirus infeksiyasi tarqalishi qayd etilgani — u oldingilariga qaraganda tajovuzkorroq va xavfliroq ekanligi xabar berilgandi. Ayni vaqtda yangi tipdagi virusni yuqtirishning to‘rtta holati ma’lum — bemorlardan ikki nafari sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatiga ulangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, virus juda tez ko‘paymoqda va bemorlarning ahvolini juda tez yomonlashtirmoqda.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 16,3 millionta SARS-CoV-2 holati qayd etilgan. Ular chaqirgan COVID-19 kasalligi 649 ming kishini hayotdan olib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring