Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin O‘zbekistonga qaysi sanada kelishi aniq bo‘ldi

Putin O‘zbekistonga qaysi sanada kelishi aniq bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26—27-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, unda bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilgan.

«Hozircha aytishim mumkinki, bugun va ertaga Belarusga, yakshanba va dushanba kunlari esa O‘zbekistonga tashrif bo‘ladi», dedi u jurnalistlarga.

Tashrif davomida biron bir hujjat imzolanishi kutilmoqdami, degan savolga javob berar ekan, Ushakov: «Ha, bir qancha hujjatlar rejalashtirilgan», dedi.

21-may kuni Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Telefon muloqotida, jumladan, «Rossiya prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi»ga tayyorgarlik masalasi ham muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring