Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda nima uchun koronavirus tarqalmayotgani sababi aytildi

Xitoyda nima uchun koronavirus tarqalmayotgani sababi aytildi

Rossiyaning Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi virusologi Anatoliy Altshteyn nega Xitoyda SARS-CoV-2 virusini yuqtirish past daraja ekanini izohladi.

Xitoyda pandemiya boshlanganidan buyon faqat 85 521 ta koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati ro‘yxatga olingan. So‘nggi oylarda XXRda kuniga o‘rtacha o‘nga yaqin COVID-19 kasalligi qayd etildi.

Altshteynning fikriga ko‘ra, Xitoy hukumati koronavirus infeksiyasi darajasining haqiqiy holatini yashirgan taqdirda, agar uni minglab yuqtirgan odamlar bo‘lgan bo‘lsa, dunyo bu haqda qandaydir tarzda bilishi mumkin edi.

«Agar minglab odamlar kasallansa, biz bu haqda bilgan bo‘lar edik», dedi virusolog.

«Menimcha, bu yuqori intizom va samarali karantin natijasi. Ular epidemiyani  boshdanoq oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo bizning mamlakatimizda u tarqalib ketdi va endi uni karantin bilan to‘xtata olmaymiz», dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring