Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 8 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar umumiy soni — 158 nafar

Yana 8 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar umumiy soni — 158 nafar

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik holatlari soni 8 taga oshib, 158 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan xabar berildi.

Ushbu infeksiya shu yilning 12 martida Turkiyada bo‘lib, kasalligi tasdiqlangan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 2 nafar namanganlik, ikkinchi marhum bilan yaqin muloqotda bo‘lgan asli navoiylik 2 nafar kishida, ya’ni ona va bolada va shuningdek bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4 nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring