Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yon qo‘shnimizda hind shtammiga o‘xshash koronavirus mutatsiyasi aniqlandi

Yon qo‘shnimizda hind shtammiga o‘xshash koronavirus mutatsiyasi aniqlandi

Foto: TASS

Qozog‘istonda koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi, u hind shtammiga o‘xshash bo‘lib chiqdi, deb xabar berdi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Mutatsiya mamlakat poytaxti Nur-Sultonda kasallanish keskin oshganidan so‘ng o‘tkazilgan PSR tekshiruvlari vaqtida aniqlangan. Mutatsiya virusning hind shtammiga xos ekanligi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mutatsiyaning mavjudligi va uning hind shtammiga tegishli ekanligi to‘g‘risida yakuniy xulosa DNK namunalarini o‘rganish tugagandan so‘ng e’lon qilinadi.

Qozog‘istonda 21 iyun holatiga ko‘ra, 21 564 kishi koronavirus bilan kurashmoqda. 20 iyun kuni mamlakatda 930 ta yangi holat aniqlandi, shundan 215 tasi Nur-Sultonda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring