Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dima Qayum kutubxonasi: voqealar rivoji qanday bo‘lmoqda?

Dima Qayum kutubxonasi: voqealar rivoji qanday bo‘lmoqda?

Foto: «xabar.uz»

Dilshod Boltaboyev (Dima Qayum)ning xalq xayriyasi bilan qurgan «Xalq kutubxonasi» buzilish xavfi ostida qolgani haqida yozgandik. Bu haqida Dilshod Boltaboyev O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilganini ham bilasiz.

Xo‘sh, voqealar rivoji qanday?

Dilshod Boltaboyev bilan yana bog‘landik:

− Qo‘llab-quvvatlaganliklaring uchun rahmat, deyarli barcha saytlar kutubxona buzilmasligi kerakligini aytib, maqolalar e’lon qilishdi, ahvolni o‘rgangani bir qancha davlat nashrlaridan, xususan, «Xalq so‘zi» gazetasidan ham, «Yoshlar» telekanalidan ham, «Davr»dan ham muxbirlar kelishdi, − dedi Dilshod Boltaboyev. – Voqealar rivoji shundayki, tuman hokimiyatining qurilish ishlari bo‘limi vakili kelib, bu shov-shuvlar bir yoqli bo‘lguncha kutubxonani buzmasliklarini, ammo bozordagi ko‘pgina shunaqa qurilgan do‘konlar buzilayotganligini aytib, kutubxona ham buziladigan bo‘lsa, boshqa joydan kattaroq qilib kutubxona qurish uchun joy berilishini aytdi.

Dilshod Boltaboyev garchi bu haqda yozmasligimizni so‘ragan bo‘lsa ham aytib qo‘yishimiz shartki, turli katta-kichik idoralarning vakillari «Sen kimsan o‘zi?» «Nega butun Respublikaga jar solasan?» «Nega tumanni butun O‘zbekistonga shov-shuv qilayapsan?» «O‘rningni, kimligingni bil!» kabi so‘zlar bilan unga po‘pisalar qilishayapti ekan.

− Akalar, bu gaplarni yozmay turinglar, o‘zim ham qo‘rqib qoldim, har xil gaplar bo‘layapti, − deydi kutubxona qolib, o‘zidan ham xavotirga tushib qolgan Dilshod Boltaboyev.

Ta’kidlashimiz joizki, hozirda Dima Qayumni juda ko‘pchilik ijod ahli qo‘llab turibdi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

Caption

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring