Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gollivud aktyori Donald Sazerlend 89 yoshida vafot etdi

Gollivud aktyori Donald Sazerlend 89 yoshida vafot etdi

Kanadalik taniqli aktyor Donald Sazerlend 89 yoshida vafot etdi. Variety nashri yozishicha, aktyor uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 20 iyun sanasida Mayamida olamdan o‘tgan.

Donald Sazerlend «Harbiy-dala gospitali», «G‘urur va andisha», «Manfaatli taklif», «Oddiy odamlar» va boshqa 160 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan.

«Emmi» va «Oltin globus» mukofotlarini qo‘lga kiritgan aktyor yarim asrdan ko‘proq faoliyati davomida yovuzlar, antiqahramonlar, romantik qahramonlar va murabbiylar obrazlarini yaratdi. Ayniqsa, yaqin yillarda «Hayot-mamot o‘yinlari» franshizasidagi yovuz prezident Snou obrazi bilan uning kino olamidagi nufuzi yanada oshgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring