Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kino 5 kunda» tanlovi g‘oliblariga sovrinlar afsonaviy aktyor Lyuk Besson tomonidan topshiriladi

«Kino 5 kunda» tanlovi g‘oliblariga sovrinlar afsonaviy aktyor Lyuk Besson tomonidan topshiriladi

Foto: «Almode.ru»

Odatda xalqaro festivallarda ko‘pgina yangiliklar sir saqlanadi. Toshkent xalqaro kinofestivalining tashkilotchilari ham taniqli mehmonlar haqidagi ma’lumotlarni sir saqlashmoqda. Ammo ichki manbalardan ma’lum bo‘lishicha, «Kino 5 kunda» tanlovi g‘oliblarini fransiyalik mashhur kinorejissyor, ssenarist, prodyuser va yozuvchi Lyuk Bessonning shaxsan o‘zi taqdirlaydi.

«Kino 5 kunda» yosh kinoijodkorlar tanlovi bo‘lib, ishtirokchilar turli mukofotlar — diplomlar, haykalchalar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Har bir yosh bu mukofotni qo‘lga kiritishni, ayniqsa, uni Lyuk Bessonning qo‘lidan qabul qilib olishni orzu qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Kino 5 kunda» tanlovini maqsadi, milliy kinoni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Tanlov ishtirokchilari dasturga muvofiq besh kun ichida o‘zbek urf-odatlari, madaniyati va tarixiga oid filmlarni suratga olishlari kerak bo‘ladi.

Kuni kecha fransiyalik mashhur kinorejissyor, ssenarist, prodyuser va yozuvchi Lyuk Besson «Ipak yo‘li durdonasi» — Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurishi haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring