Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashhur dorboz Olimjon Toshkenboyev vafot etdi

Mashhur dorboz Olimjon Toshkenboyev vafot etdi

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek sirk san’atining mashhur namoyandasi Olimjon Toshkenboyev 81 yoshida vafot etdi. 

Olimjon Toshkenboyev uzoq yillar davomida «O‘zbekiston dorbozlari» guruhiga rahbarlik qilgan va milliy dorbozlik san’ati sohasida samarali faoliyat yuritgan. 

Uning rahbarligidagi «O‘zbekiston dorbozlari» guruhi ko‘plab xorijiy mamlakatlarda, xususan, Polsha, Germaniya, Misr, Belgiya, Gollandiya, Shveysariya, Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Ekvador kabi mamlakatlarda katta muvaffaqiyat bilan o‘z san’atini namoyish etgan. 

«O‘zbeksirk» birlashmasida rejissyor lavozimida samarali faoliyat yuritib, ko‘plab shogirdlarni yetishtirdi. 

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring